197 -modda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
huzuridagi
Tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning hamda
uning devoni xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
Mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda uning
devoni xodimlari oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaslik, ularning ishiga to‘sqinlik qilish, ularga bila
turib yolg‘on axborot berish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan murojaatlarni,
xulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko‘rib
chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz
ma’lumotlarni taqdim etish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(197 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
197 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining
(ombudsmanning) qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
Mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari
bo‘yicha vakili (ombudsman) oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaslik, uning ishiga to‘sqinlik qilish,
unga bila turib yolg‘on axborot berish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan
murojaatlarni, xulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki
ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib qasddan
ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(197 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |