O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet191/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

200 -modda. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish
Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(200 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy
tadbirlarni o‘tkazish 
qoidalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
200 -modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish
Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa
imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning
bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qo‘yish munosabati bilan yetkazilgan
zararning o‘rni oldindan va to‘liq qoplanmagan holda buzib tashlashga, ularga ko‘p bo‘lmagan
miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ko‘p bo‘lmagan miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz
baravarigacha bo‘lgan doiradagi miqdor tushuniladi.
(200 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-667-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/667/0035-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling