O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet189/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

198 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy
meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining ko‘rsatmalarini bajarmaganlik
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining va
uning hududiy boshqarmalarining ko‘rsatmalarini bajarmaganlik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(198 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi O‘RQ-754-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y., 03/22/754/0134-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
198 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi,
neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy
boshqarmalari ko‘rsatmalarini bajarmaganlik
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va
gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari
ko‘rsatmalarini bajarmaganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takror
sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(198 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi O‘RQ-822-sonli 
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son — 2023-yil 15-iyundan
kuchga kiradi)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling