197 -modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining
qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shuningdek uning ko‘rsatmalarini bajarmaslik
Oldingi
tahrirga qarang.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy
faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shu jumladan uning tekshirish o‘tkazishiga to‘sqinliklarni yuzaga
keltirganlik, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hududlari va inshootlarini ko‘zdan kechirish uchun
ularga kiritishni rad etganlik, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi
qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etishga doir ko‘rsatmalarini bajarmaslik, —
(197 -moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(197 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son — 2021-yil 6-
yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
197 -modda. Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot
xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh
sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(197 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-martdagi O‘RQ-827-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 03/23/827/0173-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |