O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar
-modda. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
224-modda. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha
cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (224-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirishga hamda ularda yashashga oid qoidalarni buzgan fuqarolarning bunday joylarda yashashiga yo‘l qo‘yish — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (224-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. 1 1 1 1 2 3 3 3 3 224 -modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish, ya’ni shaxslar va transport vositalarining o‘tkazish punktlarida bo‘lishi hamda harakatlanishi tartibiga rioya etmaslik, shaxslarning o‘tkazish punktlaridagi taqiqlangan joylarga va transport vositalariga g‘ayriqonuniy kirishi — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (224 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (224 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-martdagi 89-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risida nizom ”. Oldingi tahrirga qarang. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzganlik uchun ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan jarimani to‘lamagan taqdirda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuboriladi. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzishni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etib, ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan jarimani to‘lamagan taqdirda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuboriladi. (224 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi O‘RQ-753-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y., 03/22/753/0133-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling