O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar
-modda. Pasport tizimi qoidalarini buzish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
223-modda. Pasport tizimi qoidalarini buzish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiz yoxud haqiqiy bo‘lmagan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashashi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini, xorijga chiqish uchun biometrik pasportini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning haqiqiy bo‘lmagan identifikatsiyalovchi ID-kartasi (O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) bilan, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashashi, identifikatsiyalovchi ID-kartasini (O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini) qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yashashiga yo‘l qo‘yilishi, xuddi shuningdek fuqarolar tomonidan o‘z turar joylarida shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashashiga yo‘l qo‘yilishi, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘n olti yoshga to‘lishi munosabati bilan identifikatsiyalovchi ID-kartasini o‘z vaqtida olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs o‘n olti yoshga to‘lishi munosabati bilan identifikatsiyalovchi ID-kartasini o‘z vaqtida olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. (223-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling