216-modda. Kimoshdi savdosi yoki tanlovda qatnashish uchun berilgan talabnomalarni
yashirish
Davlat korxonalari va boshqa obyektlar xususiylashtirilishi munosabati bilan yopiq tender
tarzidagi kimoshdi savdosida yoki tanlovda qatnashish uchun berilgan talabnomalarni yashirish,
kimoshdi savdosi, tanlov natijalarini yakunlashda talabnomalarni hisobga olmaslik —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(216-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
217-modda. Matbaa va shtempel-gravyorlik korxonalarini ochish hamda ularning faoliyat
olib borishi qoidalarini buzish
Matbaa va shtempel-gravyorlik korxonalari va ustaxonalarini ochish va ularning faoliyat olib
borishi qoidalarini buzish —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(217-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Matbaa uskunalari, harflar, matritsalar, muhrlar va shtamplarni qo‘lga kiritish, sotish,
foydalanish, hisobga olish va saqlash qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning bu
qoidalarni buzishi —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(217-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |