O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet217/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

225-modda. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish
qoidalarini buzishi, ya’ni haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bilan yashashi, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha
ro‘yxatdan o‘tishning, ko‘chishning yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya
etmaganligi, bo‘lish muddati tugagach chiqib ketishdan bo‘yin tovlashi, xuddi shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tish qoidalariga o‘n sutkagacha rioya etmaganligi,

(225-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-martdagi O‘RQ-
759-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(225-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish
qoidalarini o‘n sutkadan ortiq, ammo o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga buzishi, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(225-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish
qoidalarini o‘ttiz sutkadan ortiq muddatga buzishi, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(225-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida
bo‘lishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni qabul
qilish tartibini mansabdor shaxs tomonidan buzish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(225-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni xususiy ishlar bilan O‘zbekiston
Respublikasiga taklif qilgan shaxs tomonidan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishini, shuningdek ularning bu erda
bo‘lishning belgilangan muddati o‘tgach chiqib ketishini ta’minlash yuzasidan choralar
ko‘rilmaganligi, xuddi shuningdek shaxs tomonidan xususiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolariga
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga uy-joy maydoni, transport vositalarini berish yoxud boshqa
2


xizmatlar ko‘rsatish, agar bu O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalari buzilishiga olib kelishi
oldindan ayon bo‘lsa, —
(225-modda beshinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-martdagi
O‘RQ-759-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(225-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston
Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini
buzganligi uchun ushbu moddaning 
birinchi —
 
uchinchi qismlarida 
belgilangan jarimani
to‘lamagan taqdirda, ular keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga
cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.
Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini
buzishni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etgan taqdirda,
ular keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda
O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.
(225-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-579-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling