boshqa xatti-harakatlar sodir etish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir
baravaridan uch baravarigacha,
mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
(227-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining
181-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
227 -modda. Bojxona chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida yoki tovarlar va transport
vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi
to‘g‘risida bojxona organiga xabar berish tartibini buzish
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining
bojxona hududiga olib kirish
chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida
yoki tovarlar va
transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi
to‘g‘risida bojxona organiga xabar bermaslik, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(227 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga
olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga noto‘g‘ri xabar berish, agar bunday xabar bojxona
organi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan bo‘lsa,
xuddi shuningdek tovarlar va
transport vositalarini belgilangan joyga hamda belgilangan vaqtda yetkazib bermaslik, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(227 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Do'stlaringiz bilan baham: