227 -modda. Transport vositasini to‘xtatmaslik yoki bojxona organining ruxsatisiz
jo‘natib yuborish
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan transport vositasini
bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyda to‘xtatmaslik, shuningdek bojxona nazorati ostida
turgan transport vositasini to‘xtab turish joyidan bojxona organining ruxsatisiz jo‘natib yuborish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(227 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
227 -modda. Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga
kelib to‘xtash
Kemalar va boshqa suzuvchi vositalarning bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa
suzuvchi vositalar yoniga bojxona organining ruxsatisiz kelib to‘xtashi, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(227 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
227 -modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish, ya’ni bojxona rasmiylashtiruvini
boshlash va tugallash, uni o‘tkazish joyi, vaqti va taomili to‘g‘risidagi belgilangan talablarga rioya
etmaslik, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(227 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |