215 -modda. Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish
(215 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikning arz qiluvchidan murojaatni qabul
qilishni rad etganlikda, davlat xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini va
muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib
olganlikda, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini
(topshirig‘ini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishi, —
(215 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan
besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(215 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan
o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(215 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |