O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Metrologiya qoidalarini buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet203/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

213-modda. Metrologiya qoidalarini buzish
Metrologiya qoidalarini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(213-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(213-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonunining 
32-moddasi
,
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017-yil 31-iyuldagi K-2, 102-son qarori bilan tasdiqlangan Metrologiya
tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash
vositalarining 
ro‘yxati
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
214-modda. Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish
Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Muvofiqlikni baholash qoidalarini muvofiqlikni baholash organlari tomonidan buzish, agar bu
texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulot chiqarilishiga yoki muvofiqlikni
baholashni amalga oshirish uchun mahsulotni taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaxsga zarar
yetkazilishiga, shu jumladan muvofiqlik sertifikatini berishni asossiz ravishda rad etganlik,
muvofiqlik sertifikatining yoxud muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilishini asossiz
ravishda to‘xtatib turganlik yoki tugatganlik natijasida foydaning boy berilishiga olib kelsa, —


mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan qirq baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(214-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7 iyuldagi O‘RQ-852-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/852/0461-son — 2023 yil 9-oktabrdan kuchga
kiradi)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling