O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet201/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

1
1
1
1


O‘ta muhim va toifalangan obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslari
tomonidan bajarilmasligi, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima
solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(210 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 
259 -moddasi
.
211-modda. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish
Korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona binolarida,
yotoqxonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli obyektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta
qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish yoki yong‘inga qarshi inventarlar, uskunalar,
yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini
buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(211-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 259-moddasi 
birinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining
2010-yil 3-avgustdagi 147-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Energetika obyektlarida olovli ishlarni o‘tkazishda
yong‘in xavfsizligi choralari haqida 
yo‘riqnoma
”, Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi
boshlig‘ining “Elektrostansiyalarda yoqilg‘i uzatilishining portlash, yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 
buyrug‘i
, Vazirlar Mahkamasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 
qarori
, “Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarda
yong‘in xavfsizligiga, tez tibbiy yordam ko‘rsatishga, evakuatsiyaga va himoyalash bo‘yicha muhandislik-
texnik vositalar bilan jihozlashga qo‘yiladigan yagona talablar hamda ularga rioya etilishi ustidan nazoratni
ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 
qaror 
(2014-yil 23-iyunda 2596 son bilan
ro‘yxatdan o‘tkazilgan), “Neft sanoatida yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 
buyruq 
(2014-yil 31-
iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2605), “Transport vositalarini saqlash, ta’mirlash va ularga texnik
xizmat ko‘rsatish obyektlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
qaror 
(2015-yil 24-
avgustda 2710-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(211-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish, agar
yong‘in chiqishiga olib kelgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(211-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling