O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet198/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

206 -modda. Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga
moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik
Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan
shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga
yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(206 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
207-modda. Voyaga yetmaganni qarovga olish to‘g‘risidagi yozma majburiyatni
bajarmaslik
Ota-onalarning, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning, bolalar muassasalari rahbarlarining
o‘z qaroviga olgan voyaga yetmaganga nisbatan o‘zlari qabul qilgan yozma majburiyatlarni
bajarmasligi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(207-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
208-modda. Kafilning yozma majburiyatni bajarmasligi
Kafilning yozma majburiyatni bajarmasligi, oldini olish uchun shaxsiy kafolat qo‘llanilgan
harakatlar ayblanuvchi tomonidan sodir etilishiga olib kelgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(208-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
251-moddasi
.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling