O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Favqulodda holat tartibining talablarini buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet196/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

204-modda. Favqulodda holat tartibining talablarini buzish
Favqulodda holat tartibining talablarini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga
yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(204-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini
markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
qaror
(2007-yil 27-
noyabrda 1742-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar
tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 
qaror 
(2007-yil 27-noyabrda 1743-son bilan davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan).
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
204 -modda. Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilik
talablarini bajarmaslik
(204 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik —
(204 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(204 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlar sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-
mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, shuningdek atrof tabiiy muhitga va odamlar hayotiga tahdid
solsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(204 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotni yashirish, o‘z
vaqtida taqdim etmaslik yoki ular haqida atayin soxta axborot taqdim etish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(204 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-avgustdagi O‘RQ-790-sonli “Aholini va hududlarni
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling