O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet326/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

5
4
1
2
6


Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishini
talab qiluvchi asoslar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga
keltirilgan paytdan e’tiboran 48 soat ichida uni reabilitatsiya markaziga o‘ttiz sutkadan ko‘p
bo‘lmagan muddatga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni
tayyorlashi shart.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish
to‘g‘risidagi iltimosnoma va uni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi
materiallar muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs aniqlangan erdagi yoki reabilitatsiya
markazi joylashgan erdagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi
tomonidan beriladi.
313 -modda. Iltimosnomaning shakli va mazmuni
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish
to‘g‘risidagi iltimosnoma sudga yozma shaklda beriladi va ichki ishlar organining rahbari yoki uning
o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Iltimosnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) iltimosnoma berilayotgan sudning nomi;
2) ichki ishlar organining nomi va joylashgan eri (pochta manzili);
3) muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
4) iltimosnomaga asos bo‘lgan holatlar;
5) berilgan iltimosnomaning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish
to‘g‘risidagi iltimos, joylashtirish muddatini ko‘rsatgan holda;
7) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Iltimosnomada ichki ishlar organining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi
mumkin.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish
to‘g‘risida ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan iltimosnoma ichki
ishlar organiga qaytariladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling