O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet329/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

316-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
xususida shikoyat berish muddati
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shu qarorning
nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida shikoyat berilishi mumkin, bundan sud qarori
mustasno. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan o‘tkazilib yuborilgan taqdirda, bu muddat shikoyatni
ko‘rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
(316-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
317-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
xususida protest bildirish
Prokuror ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) jinoyat ishlari bo‘yicha sud sudyasining qarori ustidan — ushbu Kodeksning 
XXIV -bobida
belgilangan tartibda apellatsiya instansiyasi sudiga;
(317-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
2) boshqa organ (mansabdor shaxs) qarori ustidan — qaror chiqargan organga (mansabdor
shaxsga) yoki yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan O‘zbekiston
Respublikasi 
Iqtisodiy protsessual kodeksida 
belgilangan tartibda protest keltiriladi.
(317-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori
ustidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual 
kodeksida
belgilangan tartibda protest
keltiriladi.
(317-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli 
Qonuniga
muvofiq
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling