O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar
-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
321-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) qarori (321-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) Oldingi tahrirga qarang. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: (321-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799- son) 1) chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldiradi; 2) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yuboradi; 3) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni yuritishni to‘xtatadi; 4) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi normativ hujjatda nazarda tutilgan doirada o‘zgartiradi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun: organ (mansabdor shaxs) tomonidan ishni to‘liq bo‘lmagan holda yoki bir tomonlama ko‘rib chiqilishi; organ (mansabdor shaxs) hal qiluv qarorining va ushbu Kodeks Maxsus qismining qo‘llanilgan normalari va ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan boshqa normativ hujjatlar ishning faktik holatlariga mos kelmasligi; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish qoidalarining jiddiy buzilishi; qo‘llanilgan ma’muriy jazoning adolatsizligi asos bo‘lib hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishlariga doir ish yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlariga doir ish yangitdan ko‘rib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda, mazkur ish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan u ilgari sodir etgan huquqbuzarliklarning takroriyligi inobatga olingan holda umumiy asoslarda ko‘rib chiqilishi lozim. (321-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-720-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son — 2022-yil 6- yanvardan kuchga kiradi) Mazkur ishni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lmagan organ (mansabdor shaxs) tomonidan chiqarilgan qaror bekor qilinadi, ish esa vakolatli organga (mansabdor shaxsga) ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Oldingi tahrirga qarang. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest bo‘yicha qabul qilingan qarorda: u chiqarilgan vaqt va joy; shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs; prokuror va boshqa ishtirok etayotgan shaxslar; shikoyat bergan shaxs yoki protest bildirgan prokuror; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgach shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan qarorning hamda shikoyat, protestning mohiyati; chiqarilayotgan qarorni asoslanishi; shikoyat yoki protest yuzasidan qaror ko‘rsatilishi lozim. (321-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) Oldingi tahrirga qarang. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestga doir qarorning nusxasi o‘zi haqida ana shu qaror chiqarilgan shaxsga uch kun muddat ichida yuboriladi, jabrlanuvchiga esa — uning iltimosiga binoan yuboriladi. Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida prokurorga ma’lum qilinadi. (321-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling