O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ijrosini


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet330/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

318-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ijrosini
to‘xtatib turish
1


Belgilangan muddatda shikoyat berish ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning ijrosini
shikoyat ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanish to‘g‘risidagi
qaror va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda undirib olinadigan jarima solish hollari
bundan mustasnodir.
Prokurorning protest bildirishi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul
qilingan qaror ijrosini protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi.
319-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiqish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususidagi berilgan
shikoyat yoki bildirilgan protestni vakolatli organlar (mansabdor shaxslar), shikoyat va protest
tushgan kundan boshlab o‘n kun muddat ichida ko‘rib chiqadilar.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan
shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) chiqarilgan
qarorning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat yoki protest jinoyat
ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi va uning
natijalariga ko‘ra, ushbu Kodeksning 
321-moddasida 
nazarda tutilgan qoidalarga binoan qaror
qabul qilinadi.
(319-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(320-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli 
Qonuniga
 asosan o‘z
kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-
apreldan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling