O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

77-modda. O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tegishli ruxsat olmay turib imorat solish, yog‘ochni qayta ishlash, omborlar va boshqa
inshootlar qurish maqsadida o‘rmon fondi yerlaridagi daraxtni kundakov qilish, o‘rmon fondi
yerlarida pichanzorlar va yaylovlarni shikastlantirish, o‘zboshimchalik bilan pichan o‘rish, drenaj
tizimlarini va yo‘llarni yo‘q qilish yoki shikastlantirish —
(77-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(77-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(77-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘rmon fondi yerlarida chorva mollarini o‘tlatish qoidalarini buzish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(77-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida pichan o‘rish va mol boqish 
Qoidalari
.
Ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —


Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(77-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling