O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

72-modda. Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
(72-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini
buzish, shuningdek suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi
talablarni buzish —
(72-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-
711-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil
27-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(72-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Korxonalar, kommunal va boshqa obyektlarni suvlarning ifloslanishi va bulg‘anishi yoki
ularning zararli oqibatlari oldini oluvchi inshootlar va qurilmalarsiz foydalanishga topshirish,
shuningdek suv obyektlarining tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlar qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(72-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzish (bundan
jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari uchun, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish
uchun yer osti suvlarini yakka tartibda olishga mo‘ljallangan quduqlarni qazish hollari mustasno),
ishlatilayotgan va kuzatuv quduqlarini yo‘q qilib yuborish yoki shikastlantirish, suv o‘zi chiqadigan
quduqlarni ularni tartibga soladigan qurilmalar bilan jihozlashga, shuningdek ishlatishga yaroqsiz
quduqlarni konservatsiyalashga yoki yo‘q qilishga doir choralarni ko‘rmaslik, sifatli yer osti suvlari
hosil bo‘ladigan tegrada yer osti suvlari ifloslanishining yoki sifati yomonlashishining manbai bo‘lib
qolishi mumkin bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jaligi inshootlarini va boshqa obyektlarni joylashtirish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.


fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(72-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
Ushbu moddaning 
birinchi

ikkinchi
yoki 
uchinchi qismlarida 
nazarda tutilgan
huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan
bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(72-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling