O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Yer berish tartibini buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

66-modda. Yer berish tartibini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun,
yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va
polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, —
1


(66-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(66-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
67-modda. Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni
o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik
Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida
foydalanish uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(67-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
68-modda. Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer
kadastri yuritish qoidalarini buzish
(68-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi
shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish
va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan
foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki
noto‘g‘ri axborot berish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh
baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(68-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n
baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(68-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-
708-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 
15

51

80-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
Qonunining 
41-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonunining 
20, 21-
moddalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling