O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


VIII BOB. EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh VA TABIATDAN FOYDALANISh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

VIII BOB. EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh VA TABIATDAN FOYDALANISh
SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
(VIII bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son 
Qonuni 
tahririda —
O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
65-modda. Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish
Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer
maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik
pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir
etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiyalashning
belgilangan tartibini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(65-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-
708-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektargacha
maydonga ega yer uchastkasida sug‘oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu
jumladan yerlardan maqsadli, oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi
oshirilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(65-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-
708-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektardan ortiq
maydonga ega yer uchastkasida sug‘oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu
jumladan yerlardan maqsadli, oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi
oshirilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi, –
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(65-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-
708-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Qishloq xo‘jaligi va boshqa yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab chiqarish chiqitlari va
boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(65-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-
708-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling