O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

68 -modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z
vaqtida murojaat etmaslik
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi
organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun
o‘z vaqtida murojaat etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n
besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(68 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1
1


69-modda. Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki
shikastlantirish
Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va
o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(69-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
70-modda. Yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali
qazilma konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kon nazorati organlari bilan
kelishmay turib ishga solish, yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish (bundan
foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish mustasno), yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib
borish xavfsizligi talablarini buzish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalarini va tabiiy muhitni,
binolar va inshootlarni yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning zararli
ta’siridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini kuzatish uchun qazilgan
quduqlarni, marksheyderlik va geologik belgilarni yo‘q qilish yoki shikastlantirish, xuddi shuningdek
umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarini yerga egalik qiluvchilar va yerdan
foydalanuvchilar tomonidan buzish, —
(70-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-
603-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(70-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Konlarning boy uchastkalarini tanlab ishlatish, mineral xomashyoni qazib olayotganda va
qayta ishlashda foydali qazilmalarni normativdan ortiq nobud qilish, foydali qazilma konlarini
yaroqsiz holga keltirish va foydali qazilma zaxiralaridan oqilona foydalanish talablarini boshqacha
tarzda buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(70-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Marksheyderlik hujjatlarini yo‘qotish, tugatilayotgan yoki konservatsiya qilinayotgan konlarni
va burg‘ilangan quduqlarni aholining xavfsizligini ta’minlovchi holatga keltirib qo‘yish talablarini,
shuningdek konservatsiya vaqtida konlarni, qazilayotgan joylarni va burg‘ilangan quduqlarni
muhofaza etish talablarini bajarmaslik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(70-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
birinchi

ikkinchi
yoki 
uchinchi qismlarida 
nazarda tutilgan huquqbuzarlik
ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ellik baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.


(70-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling