(101-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha
miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(101-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-
708-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr
energiyasidan foydalanish
qoidalari
, Tabiiy gazdan foydalanish
qoidalari
.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida
qurilgan binolar hamda
inshootlarni elektr energiyasi, issiqlik va gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan elektr, issiqlik va gaz
tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu modda umumiy foydalanishdagi elektr yoki gaz tarmoqlariga
tijorat maqsadlarida
o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu
jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda o‘g‘irlash
bilan bog‘liq harakatlar sodir etilganda qo‘llanilmaydi.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi O‘RQ-822-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son —
2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: