102-modda. Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
1000 voltgacha kuchlanishli elektr tarmoqlarini (havo, yer osti va suv osti elektr uzatish, kiritma
va taqsimlash qurilmalarini) muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste’molchilarni
elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq
xo‘jaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha,
mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(102-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
1000 voltdan ortiq kuchlanishli elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti
bu hol iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining
shikastlanishiga yoki xalq xo‘jaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin
bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(102-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr
tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish
qoidalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |