O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

99-modda. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(99-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek qurilish
sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ko‘rsatmalarini
bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik (bundan yakka tartibdagi uy-joy qurilish
obyektlari mustasno), —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(99-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
1


Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(99-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik
reglamentlar talablarini buzish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(99-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo
chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(99-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini, aholi
punktlarining va aholi punktlariaro hududning bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish
loyihalarini, madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarni rekonstruksiya qilish rejalarini buzish,
dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va
obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning arxitektura yechimlarini buzish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(99-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
beshinchi qismida 
nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo
chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(99-modda oltinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Obyektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlariga, shu jumladan ish hujjatlariga
doir ijobiy xulosasisiz, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini
nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(99-modda yettinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
yettinchi qismida 
nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.


fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(99-modda sakkizinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa
obyektlarni qurishga, rekonstruksiya qilishga va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar)
belgilangan zonalarda shunday ishlarni amalga oshirish, —
(99-modda to‘qqizinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(99-modda to‘qqizinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(99-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(99-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling