O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

95-modda. Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga
zararli ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlik
Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir
ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarning bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(95-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
96-modda. Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy
xulosasisiz ro‘yobga chiqarish
Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz yoxud unga
rioya qilmagan holda ro‘yobga chiqarish, shuningdek bunday xulosasi bo‘lmay turib obyektlarni
mablag‘ bilan ta’minlash —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(96-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-
noyabrdan kuchga kiradi)
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


(96-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-
noyabrdan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi 
Qonun
.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling