O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

92-modda. Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va
botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi
shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki
chatishtirish
Hayvonlar yashaydigan muhitni va ularning ko‘chish yo‘llarini muhofaza qilish qoidalarini,
zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish, to‘ldirish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni
hisobga olish qoidalarni, shuningdek hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini, zoologik va botanik
kolleksiyalarini boshqa joyga jo‘natish va chet elga olib ketish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek
hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa erga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(92-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan
“Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat
berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida 
nizom
”.
93-modda. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini saqlashga zarar
keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki o‘simliklarni qonunga xilof ravishda olib kelish
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini saqlashga
zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki o‘simliklarni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston
Respublikasiga olib kirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(93-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
2
3
3
3


Qarang: Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016-yil 14-iyuldagi 20-son qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi nizom”ning 
2-bandi
.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling