O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish
Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish,
joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida
tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(91-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud tabiiy muhitga zarar yetkazgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(91-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
91 -modda. Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini
tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash,
shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(91 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
653-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(91 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
653-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Maishiy va qurilish chiqindilari poligonlariga joylashtirilishi kerak bo‘lgan chiqindilarni
belgilanmagan joylarga tashlash, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning 
uchinchi qismida
nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni musodara qilib, fuqarolarga
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa
— o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(91 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y.,
03/20/653/1592-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling