109-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish
(109-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik, epizootiyalarga qarshi
kurashish choralarini ko‘rmaganlik —
(109-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga
esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(109-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
200-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Veterinariya to‘g‘risida”gi (yangi tahriri)
Qonuni
, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-noyabrdagi 905-son
qarori bilan tasdiqlangan Veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy
texnik
reglament
, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-sonli “Davlat veterinariya xizmati
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
, Tarqalishi oqibatida karantin yoki
cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari
ro‘yxati
(ro‘yxat raqami 2543, 26.12.2013-y.).
110-modda. It va mushuk boqish qoidalarini buzish
Shaharlar va boshqa aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish, xuddi
shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish choralarini ko‘rmaganlik
—
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha,
mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(110-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik fuqarolarning sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetishiga olib
kelsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(110-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-sonli qarori bilan
tasdiqlangan Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash
qoidalari
, Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni
saqlash
qoidalari
(ro‘yxat raqami 2373, 21.06.2012-y.).
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |