O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan ekinlarni qo‘riqlashni ta’minlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

105-modda. Tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan ekinlarni qo‘riqlashni ta’minlash
choralarini ko‘rmaganlik
Tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan nasha va moyli ko‘knor ekinlarini, mazkur ekinlar hosilini
saqlash va qayta ishlash joylarini qo‘riqlash yuzasidan belgilangan tartibni ta’minlash choralarini
ko‘rmaganlik, shuningdek tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan shunday ekinlarning ang‘izlari va
ishlab chiqarish chiqindilarini yo‘q qilib tashlash choralarini ko‘rmaganlik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
1
1
2
2
2
2


mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(105-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
106-modda. Yovvoyi nashani yo‘q qilib yuborish choralarini ko‘rmaganlik
Tasarrufida yer maydonlari bo‘lgan shaxslar tomonidan yovvoyi nashani yo‘q qilib yuborish
choralarini ko‘rmaganlik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(106-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
107-modda. O‘simliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi
kurashishga doir fitosanitariya talablarini (choralarini) hamda boshqa qoidalarni buzish
O‘simliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir
fitosanitariya talablarini hamda boshqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish,
tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash, realizatsiya qilish va yo‘q qilish chog‘ida buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fitosanitariya choralariga rioya qilmaslik, shu jumladan o‘simliklar karantini obyektlari va
boshqa zararli organizmlar tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rmaganlik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘z hududida o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni aniqlagan,
fitosanitariya dala nazoratini o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va
himoyasi agentligiga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan hamda ularning o‘choqlari kengayishiga yo‘l
qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rgan shaxslar
ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
(107-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling