O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet117/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

137-modda. Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz
bergan joydan ketib qolishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz
bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati
yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport
vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga yoxud o‘n besh sutkagacha
muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(137-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
138-modda. Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini
buzishi
(138-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi O‘RQ-289-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 17-son, 168-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Piyodalarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ularning yo‘lning
harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tishi, piyodalar yo‘lning qatnov qismida, shu
jumladan piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki
davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi,
shuningdek e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek moped
va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yo‘ldan foydalanuvchi boshqa
shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi,
taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya etmasligi —
(138-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-411-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(138-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Haydovchilarga har xil xizmat ko‘rsatish maqsadida yo‘lning qatnov qismida fuqarolarning
turishi, yo‘llarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(138-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi 
qismida ko‘rsatilgan shaxslarning yo‘l harakati
qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(138-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.


Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan
tashqari) salondan chiqarish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(138-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Moped, velosiped haydovchining, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxsning alkogolli
ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda yo‘l harakati
qoidalarini buzishi, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(138-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati
qoidalarining 
4-bobi
(Piyodalarning majburiyatlari), 
5-bobi
(Yo‘lovchilarning majburiyatlari), 
28-bobi
(Velosiped, moped va aravalar harakatlanishiga, shuningdek hayvonlarni haydab o‘tishga doir qo‘shimcha
talablar).

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling