O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet125/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

152-modda. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish
tartibini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va
ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan
foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning texnik reglamentlari yoki davlat standartlari,
normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlariga rioya etmaslik, —
(152-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravargacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(152-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
 Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Radioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni tayyorlash, olish, sotish yoki
o‘zgaga doimiy yoxud vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara
qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(152-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
 Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
birinchi
 va 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy
jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara
qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(152-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling