O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet123/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

148-modda. Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza
qilish qoidalarini buzish
Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarda temir yo‘l organlari va yo‘l
organlari bilan kelishmay turib erni haydash, o‘t o‘rish, daraxt kesish va ularga shikast yetkazish,
chimlarni olib tashlash va tuproq olish, kanalizatsiya, sanoat, melioratsiya suvlarini va oqova suvlarni
suv qochirish inshootlariga va rezervlariga oqizish, shuningdek ajratilgan mintaqalarda va yog‘och
ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqish, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali
ko‘priklarda chekish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rtdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(148-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
 Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
269-moddasi
, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
57-bobi
 (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar), O‘zbekiston
Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-117-sonli “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 
19-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 766-I-son “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 
7-
moddasi
.
149-modda. Yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning avtomobil yo‘llarini va yo‘l
inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzishi
Avtomobil yo‘llariga ajratilgan mintaqaga tutash joylardagi yer egalari yoki yerdan
foydalanuvchilarning umum foydalanishdagi yo‘llardagi aholi punktlari doirasida, o‘zlariga biriktirib
qo‘yilgan yer maydoni chegarasida piyodalar yuradigan yo‘lkalar va ular o‘tadigan ko‘prikchalar
qurish, ularni ta’mirlash va muntazam orastalab turish majburiyatlarini, shuningdek o‘zlariga
biriktirilgan yer maydonidan chiqish yo‘llarini yoki umum foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga kelib
tutashadigan yo‘llarni, shu jumladan kesib o‘tiladigan ko‘priklarni texnik jihatdan soz holda va
ozoda saqlash majburiyatlarini bajarmaslik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(149-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
 Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-117-sonli “Avtomobil yo‘llari
to‘g‘risida”gi Qonunining 
24-moddasi
.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling