O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

141-modda. Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish


Haydovchilarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalaridan
shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(141-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
142-modda. Xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish qoidalarini buzish
Temir yo‘l, havo va suv transportida qo‘l yuki sifatida yonuvchan, zaharlovchi, tez
alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish qoidalarini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(142-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
 Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 24-avgustdagi
131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish
qoidalari
” (O‘zR AQ-198)”, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish 
qoidalari
”.
Yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va badbo‘y moddalar va
ashyolarni topshirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
ana shu moddalar va ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yib yoki olib qo‘ymay yoxud
musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(142-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
 Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Trolleybusda, tramvayda, metropolitenda, avtobusda, marshrut taksisida portlovchi, tez
alangalanuvchi, zaharlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(142-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
 Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling