O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Yo‘lovchilarni chiptasiz tashish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet121/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

145-modda. Yo‘lovchilarni chiptasiz tashish
Havo, temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(145-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
 Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Suv, avtomobil transportida va shahar elektr transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(145-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
 Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
146-modda. Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning saqlanishini
ta’minlash qoidalarini buzish
Temir yo‘lning yuk tashish uchun mo‘ljallangan qatnov tarkibiga, konteynerlarga, suzuvchi va
boshqa transport vositalariga, shuningdek yuk tashuvchi moslamalarga shikast yetkazish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(146-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
 Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)


Havo kemalari, yuk vagonlari, avtomobillar, avtomobil tirkamalari, konteynerlarning, suzuvchi
vositalar tryumlari va boshqa yukxonalarining plombalariga va bekitkich qurilmalariga shikast
yetkazish, ularning plombalarini buzish, ayrim yuk o‘rinlariga va yuk o‘ramalariga, paketlariga, yuk
qo‘ralarining, temir yo‘l stansiyalarining, yuk avtomobillari stansiyalarining, konteyner punktlarining
(maydonchalarining), portlarning (pristanlarning) va yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan
operatsiyalarni bajarish uchun foydalaniladigan omborlarning to‘siqlariga shikast yetkazish,
shuningdek tegishli ruxsati bo‘lmay turib yuk qo‘ralariga, konteyner punktlariga (maydonchalariga),
portlar (pristanlar), shlyuzlarning yuk turgan hududlariga (joylariga) va yuqorida zikr etilgan
omborlarga kirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(146-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
 Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini ta’minlash
qoidalarini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(146-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling