O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet135/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

165-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzish
Faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan shaxs tomonidan
vakolatli organga qonunchilikda mazkur faoliyat uchun belgilangan talablar va shartlar
bajarilganligi to‘g‘risida yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat (harakatlar) bilan xabarnoma
yubormasdan shug‘ullanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat
(harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug‘ullanish —


fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(165-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-son “Litsenziyalash, ruxsat berish
va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan
otinoyilarga maxsus litsenziyalar berish 
tartibi
” (ro‘yxat raqami 978), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va
qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga
oshirish to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi 
ikkinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling