O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet143/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

174-modda. Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash
(174-modda nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli 
Qonuni
 tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son — 2022-yil 13-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirish (kamaytirib
ko‘rsatish) yoxud soliqlar va yig‘imlar to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n
besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(174-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son — 2022-yil 13-
iyundan kuchga kiradi)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida, mansabdor
shaxslarga esa — o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(174-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-
sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son — 2022-yil
13-iyundan kuchga kiradi)
Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishdan bo‘yin tovlash, deklaratsiyani o‘z vaqtida
taqdim etmaslik yoki unda atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish —
Oldingi
 tahrirga qarang.


bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(174-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
184-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
7-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida
yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
18-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(174-modda nomi va birinchi qismning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-
dekabrdagi O‘RQ-197-sonli 
Qonuni 
tahririda —O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling