O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet140/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

170-modda. Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish —
(170-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
valyuta boyliklari musodara qilinib, o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki
ushbu Kodeksga muvofiq o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan
shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(170-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
177-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 2019-
yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-sonli “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) 
Qonuni
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
171-modda. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish
Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar
xodimlarining chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta
schyotlariga yashirib qolish maqsadini ko‘zlamay turib vaqtida yoxud to‘liq o‘tkazilmaslik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o‘n ikki
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


(171-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Valyuta tushumining bir qismini qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorlarda
majburiy sotishdan bo‘yin tovlash —
(171-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o‘n ikki
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(171-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o‘n ikki
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(171-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
birinchi
,
 ikkinchi 
va 
uchinchi
qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar
ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki baravaridan o‘n besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(171-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmoni bilan
tasdiqlangan “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risida 
nizom
”.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling