bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish,
basharti bu hol
ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga shu
jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, xuddi
shuningdek bunday hisobga
olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(163-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolarni vodoprovod (suv
ta’minoti) tashkilotlari tomonidan vodoprovod tarmoqlariga (suv ta’minoti tarmoqlariga) ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish
baravaridan sakson besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(163-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu modda umumiy foydalanishdagi issiqlik yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat
maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga,
shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda o‘g‘irlash
bilan bog‘liq harakatlar sodir etilganda qo‘llanilmaydi.
(163-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi O‘RQ-822-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son —
2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: