200 -modda. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish
Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(200 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy
tadbirlarni o‘tkazish
qoidalari
.
Oldingi
tahrirga qarang.
200 -modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish
Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa
imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning
bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qo‘yish munosabati bilan yetkazilgan
zararning o‘rni oldindan va to‘liq qoplanmagan holda buzib tashlashga, ularga ko‘p bo‘lmagan
miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ko‘p bo‘lmagan miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz
baravarigacha bo‘lgan doiradagi miqdor tushuniladi.
(200 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-667-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/667/0035-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |