O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet261/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

245 -modda. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
huzuridagi 
Tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda uning
devoni xodimlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga ushbu Kodeksning 
43
(tadbirkorlik
subyektlarining murojaatlari qismida), 
200
(tadbirkorlik subyektlarining huquqlari buzilishi
qismida), 
241 — 241

241

241

241 -moddalarida
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tarzidagi ma’muriy jazolarni qo‘llashga uning o‘rinbosarlari
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni bosh inspektorlari haqlidir.
(245 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-744-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 03/22/744/0011-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
245 -modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi
vakolatli organlar
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar,
shuningdek ularning hududiy bo‘linmalari rahbarlari va o‘rinbosarlari ushbu Kodeksning 
165-
moddasida
nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 
282-moddasida
belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(245 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling