O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Havo transporti organlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet269/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

251-modda. Havo transporti organlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu
Kodeksning 
116, 116 -moddalarida
, 117-moddasining 
birinchi qismida
, 142-moddasining 
birinchi
qismida
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli bo‘lgan havo
transporti organidir, Milliy aviakompaniya esa ushbu Kodeksning 
53-moddasida
, 117-moddasining
ikkinchi qismida
, 121-moddasining 
birinchi qismida
, 122-moddasining 
ikkinchi qismida

124-
moddasida
, 144-moddasining
 uchinchi qismida
, 145-moddasining 
birinchi qismida

146-moddasida
(havo transportidagi huquqbuzarliklar qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlar taalluqli bo‘lgan havo transporti organidir.
Quyidagilar havo transporti organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazolarni qo‘llashga haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshlig‘i
va uning o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi boshqarmalarining va bo‘limlarining boshliqlari;
Milliy aviakompaniyaning bosh direktori va uning o‘rinbosarlari, aviakompaniya Uchish
majmuasining direktori va uning o‘rinbosari, aeroport (aviakorxona) direktori, aviakompaniya bosh
inspektori, aviakompaniyaning tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘i.
(251-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
252-modda. Suv transporti organlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Suv transporti organlariga ushbu Kodeksning 
53

121

122

124

145-moddalarida
, 146-
moddasining 
birinchi 
va 
ikkinchi
qismlarida (suv transportidagi huquqbuzarlik uchun), 
118

120-
moddalarida
, 142-moddasining
birinchi qismida
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
(252-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Port boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, pristan va vokzallarning boshliqlari, port, pristan va
vokzallarning navbatchi ma’murlari, port hududlari boshliqlari va shlyuz boshliqlari, kemalarning
kapitanlari, ularning yordamchilari va shturmanlari, kema qatnovi inspeksiyalarining katta
inspektorlari va inspektorlari, kema taftishchilari, port, pristan joylashgan erdagi harbiylashtirilgan
idoraviy soqchiligining yuqori mansabdor shaxsi (birlashgan otryad boshlig‘i, otryad boshlig‘i,
komandir, yong‘indan saqlash yo‘riqchisi) suv transporti organlari nomidan ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(253-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli 
Qonuniga 
asosan
2020-yil 26-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y.,
03/19/597/4193-son)
3



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling