O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet268/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

249 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari
Ushbu Kodeksning 
119

132
va 
204 -moddalarida 
nazarda tutilgan huquqbuzarliklar
aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining
mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning
282-moddasida 
belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
Ushbu Kodeksning 
119
va 
132-moddalarida 
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir
etilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma O‘zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari
tomonidan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar
inspeksiyasining boshlig‘i, katta ofitseri va bosh mutaxassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar
hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor
shaxslaridir.
(249 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga
kiradi)
250-modda. Temir yo‘l transporti va metropoliten organlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Temir yo‘l transporti organlariga ushbu Kodeksning 
113

114-moddalarida
, shuningdek 
53

121
,
122

123

124-moddalarida
, 142-moddasining
birinchi 
va 
uchinchi qismlarida

144

145-moddalarida
,
146-moddasining 
birinchi
va 
ikkinchi
qismlarida (temir yo‘l transportida huquqbuzarlik sodir
etganlik uchun) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
(250-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Metropoliten organlariga ushbu Kodeksning 
115-moddasida 
nazarda tutilgan ma’muriy
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar temir yo‘l transporti va metropoliten organlari nomidan ma’muriy
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar:
stansiya boshlig‘i va uning o‘rinbosari, vokzal boshlig‘i va uning o‘rinbosari, lokomotiv (vagon)
deposining boshlig‘i, yo‘lovchilar poyezdining boshlig‘i (yo‘lovchilar poyezdining mexanik-brigadiri);
yo‘lovchilar poyezdining nazoratchi-taftishchisi, yo‘lovchilar poyezdining taftishchi-yo‘riqchisi,
daromadlarni nazorat qilish bo‘yicha taftishchi, yo‘l ustasi, yo‘l distansiyasi boshlig‘i, signalizatsiya va
aloqa distansiyasi boshlig‘i;
harbiylashtirilgan soqchilik boshlig‘i va uning o‘rinbosari, yong‘inning oldini olish bo‘yicha
otryad (komanda, o‘t o‘chirish poyezdi) boshlig‘i va uning o‘rinbosari, katta yo‘riqchi va yo‘riqchi,
1
1
1


komandaning, o‘t o‘chirish poyezdining, harbiylashtirilgan soqchilikning bo‘linmasi (qorovul)
boshlig‘i;
bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari), Markaziy sanitariya-
epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasining
bosh sanitariya vrachi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yo‘lovchilar poyezdining boshlig‘i (yo‘lovchilar poyezdining mexanik-brigadiri), yo‘l ustasi,
bo‘linma (qorovul), komandaning, o‘t o‘chirish poyezdining, harbiylashtirilgan soqchilikning
bo‘linmasi (qorovul) boshlig‘i, bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘ining
o‘rinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-
epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi soladigan jarimaning miqdori bazaviy
hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdoridan oshmasligi kerak.
(250-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling