O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet266/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

248 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 72-
moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich
inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yo‘l
qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir
huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 88-moddasida
(bundan bitum eritish chog‘ida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik
mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy
chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini
buzishga oid qismida), 91 -moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91 , 161-
moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 188 va 192-moddalarida nazarda tutilgan
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga
quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish
boshqarmasi boshlig‘i, uning o‘rinbosari va bo‘lim boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi
boshlig‘i va uning o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda surishtiruv
bo‘limlarining boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i va
uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining Davlat organlari
obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmalari, tuman (shahar) qo‘riqlash
bo‘limlari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ushbu
Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining ikkinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi
va to‘rtinchi qismlarida, 90 -moddasida, 91 -moddasining to‘rtinchi qismida, 183, 184 , 184 , 185-
moddalarida, 185 -moddasida (bundan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq
huquqbuzarliklar mustasno), 185 , 185 , 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188 ,
188 , 189, 189 , 191, 194 , 195 -moddalarida, 196-moddasida (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
6
1
1
2
1
1
2
2
1
1
2
3
1
2
3
1
3
1
1
1


organlariga taalluqli qismida) va 210 -moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni
aniqlagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi hamda ushbu
Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda uni ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni
ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan organga (mansabdor shaxsga) ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
(248 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11 iyuldagi O‘RQ-854-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 03/23/854/0463-son — 2023 yil 13-oktabrdan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling