O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar
-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 249-modda. Davlat yong‘in nazorati organlari
248 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga ushbu Kodeksning 224-moddasida va 224 -moddasining birinchi qismida , 225-moddasining birinchi , ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. (248 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-apreldagi O‘RQ-832-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 03/23/832/0228-son) O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tarzida ma’muriy jazo chorasi qo‘llashga haqli. (248 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi O‘RQ-753-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y., 03/22/753/0133-son) Oldingi tahrirga qarang. 249-modda. Davlat yong‘in nazorati organlari Davlat yong‘in nazorati organlariga ushbu Kodeksning 84 , 124 , 211-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. Davlat yong‘in nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo qo‘llashga quyidagilar haqli: Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga; (249-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — sakkiz baravarigacha miqdorda jarima solishga; (249-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravarigacha miqdorda jarima solishga; (249-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) Oldingi tahrirga qarang. 1 1 2 1 2 2 tumanlar (shaharlar), o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi, yong‘in nazorati bo‘yicha katta davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga; (249-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3- dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. tumanlar (shaharlar), o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi, yong‘in nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravarigacha miqdorda jarima solishga. (249-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) Oldingi tahrirga qarang. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling