O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet276/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

260 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi,
neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va
gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga ushbu Kodeksning 
101-moddasida
(elektr
energiyasi va gazdan foydalanish qismida mansabdor shaxslarga nisbatan) nazarda tutilgan
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va
gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar
haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va
gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i hamda uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va
gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari boshliqlari.
Ushbu Kodeksning 
198 -moddasida
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan
taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft
mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy
boshqarmalari mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 
282-moddasida
belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(260 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi O‘RQ-822-sonli 
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son — 2023-yil 15-iyundan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling