258-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining,
Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi
tibbiy xizmatlari
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik
xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlariga
ushbu Kodeksning
53
,
54
,
55-moddalarida
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar (shu
jumladan, sanitariya-gigiyena qoidalarini va atmosfera havosini muhofaza qilish normalarini
buzganlik) to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bosh sanitariya vrachi — markaziy sanitariya-
epidemiologiya laboratoriyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari;
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bosh sanitariya vrachi
va uning o‘rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazining boshlig‘i),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot bo‘limining bosh sanitariya vrachi va
uning o‘rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshlig‘i), Toshkent shahar va
Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot
bo‘limlarining bosh sanitariya vrachlari hamda ularning o‘rinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya
nazorati markazlarining boshliqlari);
(258-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi
O‘RQ-797-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy-tibbiy xizmat sanitariya-epidemiologiya stansiyasi
boshlig‘i;
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bosh sanitariya vrachi.
(258-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-
oktabrdagi O‘RQ-726-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y.,
03/21/726/1001-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |