264 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati
organlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 61-moddasida (budjet tashkilotlarining, budjet mablag‘larini
oluvchilarning, davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan
boshqa jamg‘armalarning mol-mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan oz miqdorda talon-
toroj qilishga oid qismida), 175 va 175 -moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan
taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlarining
mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
(264 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 17 iyuldagi O‘RQ-856-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning
282-moddasida
belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(264 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
264 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari
Ushbu Kodeksning
175 -moddasida
nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va hududiy moliya organlarining mansabdor shaxslari
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning
282-moddasida
belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(264 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |